Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yong‘oqli rulet

Kerakli mahsulotlar: 3 dona tuxum, 250 gramm margarin, 200 gramm smetana, 1 piyola shakar, 3-4 stakan un, 1 stakan yong‘oq, 1 stakan mayiz, qavartma (razrixlitel), 1 choy qoshiq ichimlik sodasi, 0,5 piyola quyultirilgan sut.

Tayyorlanishi: Un qavartma (razrixlitel) bilan aralashtiriladi va uy haroratida yumshagan margarin qo‘shilib, uqalanadi. Tuxum sarig‘i (oqidan ajratilib) solinadi. Ustidan smetana va ichimlik sodasi qo‘shib aralashtiriladi. Qo‘lga yopishmaydigan yumshoq xamir bo‘lguncha un qo‘shiladi. Tayyor xamir 4-5 zuvalaga bo‘linib, tindiriladi.

Har bir zuvala alohida yoyilib, ustiga shakar bilan ko‘pirtirilgan tuxum oqi surtiladi, keyin yong‘oq va mayiz sepiladi. Xamir rulet shaklida o‘ralib o‘rtacha qalinlikda kesiladi. Kesilgan bo‘laklarni patnisga terib usti qizarguncha pishiriladi. Ruletlarni gaz pechidan olib ustiga quyultirilgan sut surtib, kakos kukuniga botirib olinadi. Yoki maydalangan yong‘oq sepsa ham bo‘ladi.

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.