Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Zebra” shirinligi

Kerakli mahsulotlar: 3 dona tuxum, 1 piyola shakar, 1 piyola qatiq, 100 gr margarin, 2 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq soda, keragicha un.

Tog‘orachaga tuxumni chaqib ustidan shakar, qatiq, ichimlik sodasi solib yaxshilab aralashtiramiz. Margarinni eritib olib, uni ham aralashtiramiz. So‘ng elangan unni solib xuddi keksnikidek xamir tayyorlaymiz (suyuqdan quyuqroq). So‘ng bu xamirni teng ikkiga bo‘lamiz. Biriga kakao qo‘shamiz. Biri oq, biri qora xamir bo‘ladi. So‘ng dumaloq tort idishga (tova kattaligida) o‘simlik yog‘i surtib, bir qoshiq qora, bir qoshiq oq xamirdan solib idishni to‘ldiramiz. Gaz pechida o‘rtadan pastroq olovda 40-45 daqiqa pishiramiz.

 

Barno Lutfullayeva tayyorladi

2016–2017 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.