Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

2023-yil 9-son

  • Bilimlar kunida

    Jannat yurtimizning jannat gullari,

    “Bilimlar kuni”ngiz muborak bo‘lsin.

    Bugun ko‘zlaringiz quvonch-la yonar,

    Oq oydin tilaklar to‘lishsin, to‘lsin.

     

    Sizni mudom qo‘llasin bobolar ruhi,

    Qadamlar qolipdek tushsin iziga.

    Siz shunday o‘qing-ki, dunyo tan bersin,

    O‘zbekning jur’atli o‘g‘il-qiziga.

     

    Jadid

    ...
  • Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!

    Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan

    ...Bundan roppa-rosa o‘ttiz ikki yil muqaddam O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. O‘tgan davrda biz qancha sinovlarni boshimizdan o‘tkazdik, ko‘plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdik.

    ...Siz, azizlarning

    ...
  • Kutilayotgan xushxabar

    Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida O‘zbekiston bolalari uchun ko‘pdan beri kutilayotgan xushxabarni eshitib behad quvondik. Bu – yangi ta’mirdan chiqqan Respublika bolalar kutubxonasi binosining ochilishidir.

    Kutubxonaga kirib borar ekanmiz, ta’mir va dizayn ishlarida  xalqaro darajadagi  yondashuvni ko‘rdik. Xonalar yorug‘, kitoblar to shiftga qadar javonlarga

    ...
  • E’tirof

    O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan yoshlarimizni ona yurtga muhabbat va sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ulkan xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhi davlatimizning

    ...
  • Kitobni ulug‘lagan ulug‘lar

    Gulxanjonning aziz muxlislari! Sahifamizning bu galgi mehmoni – O‘zbekiston Milliy televideniyesining ustoz suhandoni, noyob ovoz sohibasi, o‘zbek radio va televideniyesi diktorlik maktabi asoschilaridan biri, 200 dan ortiq badiiy va hujjatli filmlarga ovoz bergan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, oliy toifali suxandon, “Do‘stlik” va “Mehnat shuhrati” ordenlari sohibasi

    ...
  • Ona tilim

    Oftob farzandidir oltin dalalar,

    Oftob sochqi sochar bosh uzra balqib.

    U sening tilingda aytar allalar,

    Oftobdek ardoqli, ey ona xalqim.

     

    Men erka o‘g‘lingman, goh she’r ayturman,

    Goh tushib olurman so‘qmoq izingga.

    Seni yozmak uchun ortga qayturman,

    Seni yozajakman bugun ko‘zimga.

     

    Go‘yo qismat deya,

    ...
  • Shamol

    Yaproqlarda shamol o‘ynar,

    Suv mavjida o‘ynar shamol.

    Sarin shamol nima so‘ylar,

    Yuragida qanday xayol?

     

    Derazamni chertadi u,

    Tiqirlatar eshigimni,

    Orom bilmas, bilmas uyqu,

    Uyg‘otadi kelib meni.

     

    Sochlarimga qo‘nar shamol,

    Shamol qo‘nar ko‘zlarimga.

    Qo‘shiq, ertak aytib

    ...
  • Men baxtiyor bolaman

    Yosh bolaman bugun men,

    Chopib-chopib o‘ynayman.

    Nurga burkab xayolim,

    O‘ynab sira to‘ymayman.

    Yangi O‘zbekistonning

    Kichkina mevasiman.

    Ota-onam dilbandi,

    Bobom nabirasiman.

    Hozircha o‘ynab turay

    Zavqa to‘lib o‘rtada.

    Bugunning hissasini

    Chiqaraman ertaga.

    Vaqti kelib Vatanning,

    Bo‘laman

    ...
  • O‘zbegim do‘ppisi

    Faxrlidir o‘zbek do‘ppisi,

    Turi bisyor, turi xilma-xil.

    Ajabtovur bu mo‘jizani,

    Yaratadi faqat chevar qo‘l.

     

    Kiydiramiz yangi do‘ppini,

    Hosil bayramida dehqonga.

    To‘ylarimiz o‘tmagay usiz,

    Ulashamiz mehmon, mezbonga.

     

    Marg‘ilon, Chust, Boysun do‘ppisi,

    Yurtimizda hamma

    ...
  • Dunyo bo‘ylab mehr sochib

    Biz beg‘ubor bolalarmiz,

    Qalbimizda sayroqi soz.

    Ochilgan gul lolalarmiz,

    Cheksiz bizda orzu-havas.

     

    Vaqt tizgini qo‘limizda,

    Qaynab toshar dilda ilhom.

    Quyosh porlar yo‘limizda,

    G‘ayratlimiz ham peshqadam.

     

    Gul hayotni tinim bilmay,

    Kecha-kunduz kuzatamiz.

    Xizmatlarga turibmiz

    ...
  • Husnixating bo‘lsa…

    “Negayam ikkinchi smen bo‘ldik, hozir maktabda o‘tirgan bo‘lardim-a...”

    Shiftga qarab xayol surib yotgan Muhammad­diyorning soati bizning vaqt bilan ertalabki to‘qqizni ko‘rsatmoqda. Hamma nonushta qilib bo‘lgan. Onasining “Hozir zilzila bo‘lsa ham rozi edim. Balki turib ketarmiding” degan achchiq tanbehi esiga tushdi. Qattiq silkinishdan qo‘rqib uyg‘onishi-yu, qiy-chuvga qaramay

    ...
  • Jonajon maktab

    Salom, jonajon maktab,

    Tabarruk makon maktab.

    Ilm nurini sochgan,

    Bir oftobimsan, maktab!

     

    Chorlading sen, bag‘ringga,

    Keldik bilim bog‘ingga.

    Munis ona misoli,

    Mehribonimsan, maktab!

     

    Bu maskanda qiz, o‘g‘lon,

    Qalbi bo‘lar nurafshon.

    Olib bilim, tarbiya,

    Ma’rifatga kon,

    ...
  • Bodom

    Yoz, kuzda xo‘b-xo‘b pishar,

    Tagiga to‘p-to‘p tushar.

    To‘ymas, sira yeb odam,

    Behi, olma, nok, bodom!

    G‘afur Bolqiyev,

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani

    jurnalist-o‘qituvchi 

  • Xo‘roz

    Uyqum kelgandi biroz,

    Hovlidan keldi ovoz.

    Yangramoqda go‘yo soz!

    Endi bildim, bu – xo‘roz!

     

    G‘afur Bolqiyev,

    Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani

    jurnalist-o‘qituvchi 

  • Vatan

    Shu yurtda tug‘ildim, shu yurtda o‘sdim,

    O‘zgacha muhabbat  his qilar jonim.

    Qalbim uyin g‘am-u g‘ussadan to‘sdim,

    Muqaddas beshiksan,  O‘zbekistonim!

     

    O‘psam arzir, tuprog‘ing – aziz,

    Ichsam, zilol suvlaring – toza.

    To‘rt tarafing  keng quloch yoza,

    Baxtdan olar mangu

    ...
  • Oltin kuz

    Oylar izma-iz keldi,

    Havo iliq, tuz keldi.

    Yozib to‘kin dasturxon,

    Yana saxiy kuz keldi.

    Hosil mo‘ldir, yorug‘ yuz

    Xush kelibsan oltin kuz!

    Zulxumor Abdurasulova,

    Andijon viloyati Jalaquduq tumani

    nafaqadagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

  • Kamalak

    Nur sochib tovlanibdi,

    Atlasga aylanibdi.

    Olamning bor nurlari

    Ufqda joylanibdi.

    Kokillari jamalak,

    Chiqibdi-ku kamalak!

     

    Zulxumor Abdurasulova,

    Andijon viloyati Jalaquduq tumani

    nafaqadagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

  • Sizni buyuk ishlar kutmoqda

    Xuddi yil fasllariga o‘xshab bolalarning fe’l-atvori ham turlicha bo‘ladi. Kimdir o‘rtoqlari bilan o‘yindan beri kelmasa, kimningdir do‘sti yo‘q. Yana biri arazchi bo‘lsa, boshqasiga gap ta’sir qilmaydi, bittasi so‘zamol, ikkinchisi kamgap. Shu sababli ular xarakter xususiyatlaridan kelib chiqib, ba’zi muammolarga duch kelishadi. Bu borada uzoq bosh qotirib o‘tirmasdan keling, yaxshisi,

    ...
  • Badiiy tasviriy vositalar

    Yodingizda bo‘lsa, jurnalimizning avvalgi sonlarida she’r, hikoya yozishga qiziqqan havaskor qalamkashlarga “Hikoya qanday yoziladi?”, “She’riyat saboqlari” haqida ustoz ijodkorlarning tavsiyalarini e’lon qilgan edik.

    Yaqinda taniqli ijodkorKavsar Turdiyevaning “Nishonaning nishonalari” deb nomlangan kitobi bilan tanishib chiqdik.

    ...
  • E’tibordan mamnunmiz

    Tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim Angren shahrida yashayman. Men yashayotgan jannatmakon go‘sha, ayniqsa, bahor, yoz fasllarida naq ertakdagi Susambilni eslatadi. Men judayam omadli, baxtli qizman. Chunki shunday afsonaviy go‘zal go‘shada tug‘ilib, obod xonadonda ulg‘aymoqdaman.

    Ta’til boshlanishi bilan o‘quv dargohi­mizda ta’mirlash ishlari avj oldi. Yozning jazirama kunlarida

    ...
  • Samarqand

    G‘ururimsan, ona shahrim,

    Hamon o‘sha-o‘shasan.

    Mingyilliklar aro porlab

    Turgan ulug‘ go‘shasan.

     

    Har qariching menga aziz,

    Bebahodir har g‘ishting.

    Charog‘onsan, yuksaklikda

    Yulduzlarga bo‘ylashding.

     

    Samarqandim, ona shahrim,

    Diyorimning ko‘rkisan.

    Sen ulug‘lar

    ...
  • Kitob

    Anglab yetdim men shuni,

    Yaqin do‘stimdir kitob.

    Beminnatim, sirdoshim,

    Ziyo to‘la, nur – oftob.

     

    Kitobimni varaqlab,

    Dunyolarni kezaman.

    Xayollar og‘ushida,

    Ertaklarda suzaman.

     

    Barchaga birdek do‘stsan,

    Bag‘ring to‘la ilmga.

    Ulashasan, saxiysan,

    Yetaklaysan

    ...
  • Supa

    “Ona, sizni juda sog‘indim,

    Sog‘inchlardan yuragim pora.

    Sog‘ligingiz bilib ovundim,

    Mehmon bo‘lib keling bir bora”.

     

    Desa o‘g‘il hasratga to‘lib,

    Ona debdi: “Joning omonmi?

    Suvsiz qolgan yaproqdek so‘lib,

    Ota yurtdan kechish osonmi?

     

    Qolaversa, men o‘rganganman,

    Mo‘jazgina fayzli

    ...
  • “Rassom”

    Sinfimizdagi rassom

    Siz bilgan o‘sha Akbar.

    Shu rassomlik uchun u

    Jazo olar har safar.

     

    O‘ylamaydi Akbarjon

    Rassomligin kasrini.

    Darslar tugamay chizar

    Quyonvoyning rasmini.

     

    Abdumalik Xursanaliyev,

    Erkin Vohidov nomidagi

    ijod maktabi, 11-sinf

  • Onam

    Oqlar tushdi bugun mana,

    Sochining har tolasiga.

    Yuzlaridan olib husn,

    Bergan barin bolasiga.

     

    U chinakam mehri tengsiz,

    Fikr-u yodi deydi bolam.

    Gar dunyoda bo‘lmasangiz,

    Hayot to‘xtarmidi, Onam?

     

    Borin berib ardoqlagan,

    Ko‘ksimdagi shirin nolam.

    Bo‘lmadim men hech kimdan

    ...
  • Shakarli osh

    Singlim biroz kichkina –

    Endi to‘lar besh yoshga.

    Opa-singil ikkimiz

    Harakat qildik oshga.

     

    Qozonga yog‘ni soldik,

    Sabzi artdik birpasda.

    Biroz chalg‘igandim men,

    Qochib qoldi u asta.

     

    Xullas: taom ham tayyor,

    Tortildi dasturxonga.

    Ta’mi biroz g‘alati –

    Boqdim singlim

    ...
  • “Qornim to‘q”

    Oyisi Nafisaga

    Mazali tort pishirdi.

    “Agar bugun besh olsang,

    Besh bo‘lak senga”, – dedi.

     

    Maktabidan qaytgach, u

    Oyisiga  aytibdi:

    –   Oyi bugun qornim to‘q,

    Ikki bo‘lak yetadi.

     

    Nodirabegim Saidjonova,

    Erkin Vohidov nomidagi

    ijod maktabi, 7-sinf

  • Ko‘mak istagi

    Bolakay bu voqeani sira unutolmadi.

    Otasining o‘n-o‘n besh quti asalarisi bo‘lib,  yiliga uch-to‘rt marta asal yig‘ib olishardi. Har gal hosil ko‘tarilganda, qo‘ni-qo‘shnilarga ham ilinishardi. Bu gal ham shunday bo‘ldi. Onasi kattagina kosaga to‘lg‘azib asal  quydi-da, o‘g‘liga:

    – Hanifa momongnikiga eltib ber, – dedi, – Bo‘laqol, nonushtada tatib

    ...
  • Ana iqtidor-u mana iste’dod

    Yaqinda “Los Anjeles  Times” nashrida  e’lon  qilingan xabar  ko‘pchilik  o‘smirlarning  havasini  keltirdi.  Nega  deysizmi?  Negaki    kaliforiyalik   14  yoshli Kayran  Kuazi tex­nika  qiroli  Ilon  Maskka qarashli Spake X kom­paniyasi   ishga  taklif  qilingani

    ...
  • “Buxoro varnet” mo‘jizalari

    Issiqxonada  o‘quv  markazi  faoliyat  yuritishi  mumkinligini tasavvur  qila olasizmi?  Dastlab  men  ham  bu haqida  eshitganimda hayron  qoldim. Va  bunday   g‘aroyib markazni  o‘z ko‘zim bilan  ko‘rishga  oshiqdim.

    Hammaga ma’lum, Buxoro viloyati hududi  sho‘rxok  tuproq 

    ...
  • Mustaqillik to‘yi bu!

    Biz ozodmiz, biz hurmiz,

    Boshimiz tik, mag‘rurmiz.

    Biz erishgan marralar,

    Bu go‘zal manzaralar –

    Mustaqillik ne’mati,

    Istiqlol sharofati.

    Do‘stlarim, katta bayram

    Ko‘ngillar shod-u xurram.

     

    Naqorat: Onamizdek parvona,

                

    ...
  • Ernest Hemingueyning yosh yozuvchiga maslahati

     

    * * *

    Qaysidir hikoya ustida ishlar ekanman, odatda, tongda yozishga kirishaman. Agar yozishga ishtiyoqim kuchli bo‘lsa, hech kim, hech narsa menga xalaqit berolmaydi. Xonaning iliq yo sovuqligi ham ahamiyatli emas. Butun diqqatimni asarga jamlab, shavq bilan yozaman. Odatda, kelasi sahifalarda nimalar bo‘lishini sezgan paytimda

    ...
  • Osiyoni hayratga solgan qiz

    Tanishing, Barnoxon Sayfullayeva. 2005-yilda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tug‘ilgan. Balandlikka sakrash bo‘yicha 30 marotaba O‘zbekiston, ikki marta Markaziy Osiyo chempioni bo‘lgan; bir nechta xalqaro turnirlar g‘olibi. 2022-yilda 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Quvaytda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 1,84 santimetr natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Yaqinda

    ...
  • Asraylik tabiatni

    Tabiatdir onamiz, inson uning farzandi,

    Nojo‘ya ishimizdan zirqirar band-u bandi.

    Insoniyatni siylab, baxsh etgan tarovatni,

    Onamizdek e’zozlab asraylik tabiatni.

     

    Meva tutsa mehrla goh shoxlarin chopdik biz,

    Yo‘q qilib o‘rmonlarni, o‘tin qilib yoqdik biz.

    Toptadik, payhon etdik aziz bilmay ne’matni,

    Jabr chekar yer-u ko‘k,

    ...
  • Dadil qadamlar

    Hash-pash deguncha, yoz­gi ta’til ham o‘tib ketdi. O‘tgan yili ta’til boshida bu­vim, onam, opam va ukam bilan Marg‘ilon shahrida joylashgan Er­kin Vohidov nomidagi ijod maktabiga borgandik. Mak­tab Ijodkorlar bog‘iga ulangan bo‘lib,  uning mar­kazida yurtimizning sevimli farzandi, O‘zbekiston qahramoni shoir Erkin Vohidovning haykali o‘rnatilgan. Nimagadir o‘shanda

    ...
  • Marafon

    ***

    Bo‘ri bolasi onasi uqtirgan qonun va qo‘rquvning qandaydir ta’siri ostida bo‘lgani uchun ham g‘or og‘ziga yaqin yo‘lamasdi.                     

     ***

    Inson o‘zi e’tiqod qilgan ilohlari kamsi­tilsa, yoki o‘z mehnati

    ...
  • Xoh ishoning, xoh...

    Bugun  zamon jadal rivojlanayotgan, inson tafakkuri nihoyatda  charxlanib, olam­shumul  yangiliklar  yaratayotgan  bir paytda sayyoramizning  qayeridadir  hali  ham  ib­ti­­doiy jamoa davridagidek fikrlab,  o‘shanday  og‘ir   sharoitda yashayotgan, olamga  o‘zgacha  ko‘z bilan  qarayotgan 

    ...
  • “Gulxan”da xanda

    ***

    Xonada o‘yinchoqlarini taqir-tuqur qilib o‘ynayotgan 5 yoshli E’zozaga oyisi:

    –   O‘yinchoqlaringni taraqlatavermagin. Singling uxlayapti, – dedi.

    –   Men qilmayapman, oyijon,  o‘yinchoqlarim o‘zi to‘polonchi, – dedi E’zoza.

    ***

    –   Olmani tishlaganingda undan chiqib turgan qurtni ko‘rishdan ham

    ...
  • Rauf Parfi

    Rauf Parfi 1943-yil 27-sentyabrda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi Sho‘ralisoy qishlog‘ida tug‘ildi. Ota-onasi Parfi Muhammad Amin va Sakina Isabek qizi mustabid tuzum davrida Farg‘onaning Vodil hududidan bu yerga ko‘chib kelgan.

    Bo‘lajak shoir “Sharq yulduzi” (1-7-sinflar), Sho‘ralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyo‘l shahridagi Alisher Navoiy nomli (10-sinf, kechki)

    ...

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.