Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Eng yosh grossmeyter

Kuni kecha yurtimiz bo‘ylab yana bir xushxabar tarqaldi. Toshkentdagi 300-maktabning 7-sinf o‘quvchisi, Javohir Sindorov 12 yoshu 10 oylik bo‘lganida uchinchi bor xalqaro grossmeyster normasini bajardi. Bungacha u bir necha bor maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston, Osiyo, jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

U birinchi xalqaro grossmeysterlik normasini 2018-yil iyun oyida Rossiyaning Voronej shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro turnirda, ikkinchi marta shu yil sentyabrda Turkiyada o‘tkazilgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bajardi.

Bir necha yillardan buyon xalqaro master va grossmeysterlar bilan bab-baravar o‘yin o‘tkazayotgan Javohir bugungi kunda tengdoshlari orasida Jahon reytingida 2500 reyting bal bilan hindistonlik Rameshbabu Pragnonadhdan keyin (uning reyting bali 2519) ikkinchi o‘rinda turibdi.

Quvonarlisi, xalqaro Shaxmat Federatsiyasining 20 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli shaxmatchilari reytingining bugungi holatiga ko‘ra, ushbu reyting yuzligidan yana uchta vatandoshimiz Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Temur Qo‘yboqarovlar ham joy olgan.

Biz O‘zbekiston shaxmati kelajagi bo‘lgan xalqaro grossmeysterlarimizni 2020-yili Tokioda o‘tkaziladigan olimpiada g‘oliblari bo‘lishiga umid qilamiz.

Yosh grossmeysterni qo‘lga kiritgan yutug‘i munosabati bilan Prezidentimiz Javohir Sindorovga tabrik xati yubordi va Toshkent shahridan 3 xonali uy sovg‘a qildi.

 

M. HAMIDOVA

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.