Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Isajon Sulton

Isajon Sulton 1967-yilda Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi Avazboy qishlogʻida tavallud topdi. Oʻrta maktabni oltin medal bilan tamomlagach, 1985–1990-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi.

Adibning “Munojat” (1990), “Oydinbuloq” (1995), “Boqiy darbadar” (2011), “Bogʻi Eram” (2015) nomli kitoblari chop etildi. “Ozod” romani uchun muallif Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovi gʻolibi boʻldi (2012). Bir qancha hikoyalari xalqaro tanlovlarda sovrinli oʻrinlarga loyiq koʻrildi.

Asarlari ingliz, nemis, rus va turk tillariga tarjima qilindi, AQSH, Rossiya, Turkiya va Moldova adabiy nashrlarida chop etildi.

Isajon Sulton Javoharlaʼl Neru, Ryunoske Akutagava, Yasunari Kavabata, Dino Butssati, Umar Sayfiddin asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.

2014 yilda Isajon Sulton “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan mukofotlangan.

Shu kunlarda hazrat Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan oʻzbek nasri xazinasi yozuvchining “Alisher Navoiy” nomli yangi romani bilan boyidi.

Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida Isajon Sultonov “Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.