Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Nima uchun qora mushukdan qo‘rqamiz?

Nogoh qora mushuk yo‘lingizni kesib o‘tsa, xayolingizga bu biror bir musibat alomati emasmikan, degan o‘y keladi. Albatta, yo‘lni boshqa tarafga burish mumkin, biroq mushuk bilan uchrashuvdan yoqimsiz his qoladi. Afsuski, ko‘pchilik bu kabi irimlarga hamon ishonadi. Odamlar uyda qora mushuk boqishlari mumkin, biroq uni ko‘chada ko‘rib qolsalar yuraklari taka-puka bo‘lib ketadi. Bunday fikr qayerdan paydo bo‘lgan? Hamma irimlar singari qadimiy ajdodlardanmi?!

Qora rangni aslida zulmat, baxtsizlik, sir-sinoat va yovuzlikka  yo‘yganlar. Shu sababli qora rangli mushuklar ham sehrgarlik bilan bog‘langan.

O‘rta asrlarda Yevropa mamlakatlarida  qora mushuklarni narigi dunyoga yo‘l boshlovchi deb hisoblashgan. Qandaydir qora mushuk kemada yashab (o‘sha vaqtlarda dengizchilar mushuklarni kalamushlarga qarshi kurashish maqsadida o‘zlari bilan kemada olib yurishgan), so‘ng tasodifan bortdan tashqariga tushib ketsa, kuchli po‘rtana yoki halokatni kutishgan.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.