Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qulog‘imda qolgan o‘git

To‘g‘risini aytaman,  unchalik a’lochi qiz emasman.  Maktabda  o‘zimni a’lochiday ko‘rsataman. Bilmaydigan savolim tushib qolsa,  gapni olib qochishga harakat qilaman, lekin o‘qituvchilarimiz darrov bilib olishadi. “Mayli,  harakating uchun” deb, “4” baho qo‘yib berishadi. Maktabda yaqin dugonam yo‘q, desa ham bo‘ladi, chunki dilimdagi doim tilimda. Bu xislatim ko‘plarga yoqmaydi. Men esa kimningdir qimmat telefoni uchun yoki  bashang kiyimi uchun dugona bo‘la olmayman.To‘g‘risini aytaman,  unchalik a’lochi qiz emasman.  Maktabda  o‘zimni a’lochiday ko‘rsataman. Bilmaydigan savolim tushib qolsa,  gapni olib qochishga harakat qilaman, lekin o‘qituvchilarimiz darrov bilib olishadi. “Mayli,  harakating uchun” deb, “4” baho qo‘yib berishadi. Maktabda yaqin dugonam yo‘q, desa ham bo‘ladi, chunki dilimdagi doim tilimda. Bu xislatim ko‘plarga yoqmaydi. Men esa kimningdir qimmat telefoni uchun yoki  bashang kiyimi uchun dugona bo‘la olmayman.Oilada 3 farzandmiz, 2 ukam bor. Kattasi 5-sinf, kichigi 2-sinf. Onam uy bekasi bo‘lgani uchun uy ishlari o‘zlaridan ortmaydi, aralashavermayman. Bo‘sh qolsam faqat darslarimni tayyorlayman. Asosiy maqsadim – yil oxirigacha ingliz tilidan xalqaro sertifikat olishim. Biroq o‘tgan hafta qishloqdan buvim, ammam mehmonga kelishganda menga juda ko‘p tanbeh berishdi. So‘rashishni bilmaydi, biz bilan ochilib gaplashib o‘tirmaydi, bo‘sh qoldi deguncha qo‘lida telefon, oshxonaning qayerdaligini ham bilmaydi, deb. Hechamda,  o‘zimning uyimni bilmasam uyat-ku?! Onam rosa xijolat bo‘ldilar. Buyog‘iga hammasi boshqacha bo‘ladi, dedilar buvim. Oshxonada onamdan ish qolmaydi, kirib qolsam  “Darsingni qil, o‘zim bajaraveraman” deydilar. O‘zlari o‘qimaganlari uchun bizlarga barcha sharoitni qilib beradilar. Dadam – harbiylar, har kuni ertalabdan kechgacha ishdalar. Formalari o‘zlariga biram yarashadi. Ular bilan faxrlanaman. Dadamning savlati, bo‘y-bastlariga hamma havas qiladi.Buvimning bir gaplari qulog‘imda turibdi. “O‘qiganing, ilmliliging bir yuzing, sarishtaliging va farosating ikkinchi yuzing. Shu ikki qizargan yuzing chiroyli bo‘lsa, husnda ham tengi yo‘qsan”. Endi sekin-sekin uy yumushlariga, ro‘zg‘or tutishga ham vaqt ajratmoqchiman. Agar orangizda pazanda qizlar bo‘lsa, ishonchli va mazali  retseptlarni yozib yuboring. Boshqa mavzularda ham o‘z maslahatlaringiz, hozirgi tilda aytadigan bo‘lsak “lifehack”laringiz bilan bo‘lishing. Siz bilan jon deb do‘stlashar edim.


Hurmat bilan Sabina

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.