Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Navoiy bobomiz

So‘z mulkining sultoni

Navoiy bobomiz bor.

Hazratning xazinasi

Besh asrki bizga yor.

 

She’r, g‘azal, hikmatlari

Jo bo‘lgan dilimizga.

Mashhur “Xamsa” asari

Besh doston tilimizda.

 

Hikmatlar mag‘zin chaqsak,

Ma’nolarga to‘lamiz.

Bebaho xazinaning

Merosxo‘ri bo‘lamiz.

 

Odamiylik bulog‘i

Qaynaydi ijodida.

Buloqdan suv ichganlar

Saqlar mudom yodida.

 

Navoiydek buyuk zotning

Avlodimiz chinakam,

Bobomizdan kuch olib

Hech kimdan bo‘lmaymiz  kam.

 

Zahro HASANOVA she’ri

Jumadulla NAZAROV musiqasi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.