Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yurtim askarlari

Vatan himoyasi yigit uchun shon,

Askarlar bor ekan, kulib otar tong,

Yurt uchun xizmatda, xalq uchun qalqon,

Yurtim askarlari, sizga tasanno!

 

Keksalar duoda sizni olqishlar,

Doimo sergaksiz, ham yoz-u qishda,

Sarhadni buzolmas hattoki qushlar,

Yurtim askarlari, sizga tasanno!

 

Harbiy texnikada erursiz mohir,

Vatan bayrog‘ini ko‘tarib mag‘rur,

Xalqimiz ishonar sizlarga axir,

Yurtim askarlari, sizga tasanno!

 

Goh samo, goh suvda boqasiz hatto,

Burchingiz sharaf-la etasiz ado,

Tinchlik posbonisiz, qilmaysiz xato,

Yurtim askarlari, sizga tasanno!

 

 Ro‘zimurod BOLQIYEV,

Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 10-maktab o‘qituvchi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.