Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Gerbimiz

Oʻng tomoni paxtazor,

Chap tomoni bugʻdoyzor,

Oʻrtasida nurafshon

Charaqlagan quyosh bor.

 

Oʻrkach-oʻrkach togʻlari

Qimirlamas yil, asr.

Amudaryo, Sirdaryo

Suv beradi bebaho.

 

Oʻrtasida Humo qush

Deydi: “Boʻlmasin urush!”

Gerbning tepa qismida

Tasvirlangan bir yulduz.

 

U oddiy yulduz emas –

Farovon, tinchlik ramzi.

 

Hayitali IBRAGIMOV,

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani

4-maktabning 7-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.