Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Men ijodkor boʻlaman

Qalbda oppoq orzu bor,

Umidlarga toʻlaman.

Kelajakda tengsiz, zoʻr

Men ijodkor boʻlaman.

 

Ijod qilish – ishimdir,

Kundalik tashvishimdir,

Ijod yoz-u qishimdir,

Men ijodkor boʻlaman.

 

Ijod – rasm chizishdir,

Sheʼr – soʻzlarni tizishdir,

Orzum – olam kezishdir,

Men ijodkor boʻlaman.

 

Mushkul orzuga yetmoq,

Zarurdir koʻp oʻqimoq,

Yuragimda bor chaqmoq,

Men ijodkor boʻlaman.

 

Ziyoda ABDUQODIROVA,

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi

16-maktabning 4-sinf oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.