Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

She’riyat

Kayfiyatim chog‘lovchi,

Ezgulikka chorlovchi,

Quyosh bo‘lib porlovchi,

Sensan, she’riyat.

 

Uvaysiydir ko‘z yoshing,

Usmon Nosir bardoshing,

Zulfiya ko‘z-u qoshing,

Hursan, she’riyat.

 

Shoirlar sening yuzing,

Yoritguvchi yulduzing.

Men ham ijodkor qizing,

Nursan, she’riyat.

 

Shahzoda ABDURAHMONOVA,

Toshkent viloyati Qibray tumani

6-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.