Jurnal haqida
GULXAN — bolalar va o`smirlar uchun mo`ljallangan adabiy-badiiy bezakli jurnal. 1929-yil yanvardan chiqa boshlagan.
Muassislar — O`zbekiston Matbuot va Axborot agentligi: O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi Vazirligi: Respublika "Kamolot" Yoshlar Ijtimoiy Harakati Markaziy Kengashi:
Tili — O`zbek tili.
Bosh muharrir Zaxro Hasanova
Davriyligi — Oyda bir marta (yilda 12 nusxa)
Maktab, litsey va kollej o`quvchilari uchun mo`ljallangan.
Jurnalning maqsad va vazifalari: Bolalar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, madaniy-tarixiy meros va jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishtirish, dunyoviy bilimlar olamiga olib kirish, ulardagi ijod kurtaklarini parvarishlash, rag`batlantirish, do`stlik, qardoshlik tuyg`ularini qaror toptirish, ularda milliy iftixor, Vatanga sadoqat, mustaqillik tuyg`usini shakllantirishdan iborat.
Mavzularning rang-barangligi jihatidan badiiy adabiyot, san`at, xalq ijodi, turli sport o`yinlarining targ`ibotchisidir. Bolalarga atalgan jahon adabiyoti durdonalaridan namunalar chop etiladi. Shuningdek, o`quvchilar ijodini ham muntazam yoritib boradi. Taniqli yozuvchilar, olimlar, rassomlar va san`at arboblari bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Viktorina va ko`rgazmalar o`tkazib turiladi. Markaziy Osiyoda yashaydigan turli yoshdagi mualliflar jurnalda qatnashib turadi.
Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Navoiy ko`chasi, 30-uy.
Tahririyat telefoni: (+99871) 244-94-38