Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sabzining hikoyasi

Uzundirman, sal oriq,

To‘nim bo‘lsa to‘q sariq.

Uyamdan kovlayotib,

Oldilar qornim yorib.

Shuning uchun dehqondan

Anchagina xafaman.

Endi yoriq joyimni

O‘tloq bilan yopaman.

Ko‘rib qolsang yaramni,

Ayb bilma, do‘stim, xo‘p.

Mendek oltin qoziqni

Intiq kutar qozon ko‘p.

 

Muhammadrasul MAMATQULOV

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.