Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Attang

Shoshib kelib o‘qishdan,

Qornim ochib men shu choq.

Tuxum qovuray desam,

Idishda qolmabdi yog‘.

 

Noiloj qaynatay deb,

So‘ng qozonga suv soldim.

Ularni sola turib,

Vaqtni belgilab oldim.

Biroz o‘tib soatga

Qaray desam shu onda.

Qo‘limda tuxumlar-u,

Soat qaynar qozonda.

 

Ilhom G‘AYBULLO,

Jizzax viloyati G‘allaorol tumani

“Qaqnus” adabiyot va jurnalistika to‘garagi a’zosi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.