- 27059 marta ko‘rilgan
Nashr haqida
“Gulxan” – bolalar va o‘smirlar uchun mo‘ljallangan adabiy-badiiy bezakli jurnal. 1929-yil yanvardan chiqa boshlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi “Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga binoan “Gulxan” jurnali Xalq ta’limi vazirligi tasarrufiga to‘liq o‘tkazildi.
Muassislar: O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi.
Tili: o‘zbekcha.
Davriyligi: oyda bir marta (yilda 12 nusxa).
Maktab, litsey va kollej o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan.
Bosh muharrir: Zahro Hasanova.
Jurnalning maqsad va vazifalari: Bolalar ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish, madaniy-tarixiy meros va jahon adabiyoti durdonalari bilan tanishtirish, dunyoviy bilimlar olamiga olib kirish, ulardagi ijod kurtaklarini parvarishlash, rag‘batlantirish, do‘stlik, qardoshlik tuyg‘ularini qaror toptirish, ularda milliy iftixor, Vatanga sadoqat, mustaqillik tuyg‘usini shakllantirishdan iborat.
Mavzularning rang-barangligi jihatidan badiiy adabiyot, san’at, xalq ijodi, turli sport o‘yinlarining targ‘ibotchisidir. Bolalarga atalgan jahon adabiyoti durdonalaridan namunalar chop etiladi. Shuningdek, o‘quvchilar ijodini ham muntazam yoritib boradi. Taniqli yozuvchilar, olimlar, rassomlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Viktorina va ko‘rgazmalar o‘tkazib boriladi. Markaziy Osiyoda yashaydigan turli yoshdagi mualliflar jurnalda qatnashib turadi.
Tahririyat manzili: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 30-uy.
Tahririyat telefoni: (+99871) 244-94-38