Ajdodlar ehtiromi
Aylanma krossvord. Javoblarni shaklda belgilangan xonadan soat mili yoʻnalishida raqam atrofiga yozing. 1. Ikkinchi jahon urushi sarkardalaridan biri, birinchi oʻzbek generali. 2. Millat va vatanni madh etgan oʻzbek shoiri, qatagʻon yillari qurboni. 3. Xalqaro mukofotlarga sazovor boʻlgan ustoz, eʼzozli oʻzbek shoirasi. 4. Oʻzbekiston Respublikasining Vatan va xalq oldidagi burchni ado etishdagi mardona xizmatlari uchun beriladigan oliy nishoni. 5. Xotirada qolgan taassurot. 6. Oʻzbek kino sanʼatining asoschilaridan biri, “Tohir va Zuhra” filmi rejissori, sanʼat arbobi. 7. Ezgu maqsadga erishish yoʻlidagi bardosh, chidam. 8. Xotira mazmunidagi sheʼriy asar janri. 9. Oʻzbekiston Respublikasidagi faxriy fuqarolar jamgʻarmasi. 10. Atoqli oʻzbek tarixchi olimi, “Amir Temur” romani muallifi.
Kriptogramma. Kalit soʻzlar: 1. Soʻnggi yillarda nomi abadiylashtirilib, xotirasiga majmua tashkil etilgan toʻraqoʻrgʻonlik oʻzbek maʼrifatparvar shoiri, oʻz davri uchun ahamiyat kasb etgan “Olti tillik lugʻat” tuzgan tilshunos – 1,7, 3,2, 6.
- Vatanga, elga, oilaga chin dildan berilganlik, vafodorlik – 12,2, 9,4, 15,2, 6.
- Erishilgan yutuq, omad, iqbol – 7,2, 11,6.
- “Shiroq”, “Oʻtror” kabi tarixiy asarlar muallifi – 4,12,1, 16.
- Mangulik – 2,7, 2,9, 1,14,2, 6.
- Maqol: “9,17,12,6–sinovda chiniqadi”.
- Sifati, fazilati jihatidan eng yuqori, asil – 2,10,8, 4.
- Maqtov, muborakbod – 16,2, 9,13.
- Ot, ism – 5,4, 16
Endi kalit soʻzlarining javoblari orqali shakl atrofidagi raqamlarda ifodalangan kriptogrammani hal etish bilan ibratli soʻzni bilib oling.
Foziljon ORIPOV tuzdi.