Bahorgi vitaminli taom
Zarur masalliqlar: 1 dona gulkaram, 100 gr qaynatilgan mol go‘shti, 2 dona qaynatilgan tuxum, 1 dona pomidor, oz-ozdan ko‘katlar (petrushka, kashnich).
Tayyorlanishi: Gulkaramni qaynayotgan suvga solib 15 daqiqa davomida pishirgach, biroz sovitib, gullari bo‘yicha kesib olamiz. Keyin barcha masalliqlarni to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab tog‘orachaga solib aralashtiramiz. Ta’bga ko‘ra tuz sepamiz. Bu taomimiz bahor faslida juda tansiq, parhezbop hamda vitaminlarga boyligi bilan ajralib turadi.