Kakaoli keks
Masalliqlar:
1 ta tuxum, 1 stakan shakar, 0, 5 stakan qatiq, 1 stakan+2 oshqoshiq un, 2 oshqoshiq kakao.
Tayyorlanishi:
Tuxum, shakar va qatiqni aralashtirgach, kakao qo‘shib atalaymiz. So‘ng unni oz-ozdan solib yaxshilab qorishtiramiz. Patnisni yog‘lab masalliqni quyamiz va qizigan duxovkada 180 C da 35-40 daqiqa pishiramiz. Issiqligida likopchaga olamiz.