Qushlar bilan to‘qnashuv havflimi?
Bu ko‘p sodir bo‘ladigan hodisa bo‘lib, bunda samolyotga kam shikast yetadi. Eng xavflisi, qushlar galasi bilan to‘qnashish oqibatida bir yoki bir nechta qushning samolyot dvigateli ichiga kirib ketishidir. Bunda dvigatel parraklarining harakat muvozanati buzilishi natijasida turli darajadagi xavf-xatar yuzaga kelishi mumkin.