Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Styuardessa – jozibali kasb

Bu kasb sohibalari faoliyatidan bexabar tengqurlaringiz uchun shuni aytishimiz mumkinki, styuardessa – barcha kasblar ichida eng qiziq va jozibalisidir. Shu sababli kelajakda bu sohada mehnat qilishni istovchi qizlar o‘z orzulariga bugundan harakat qilishi lozim. Chunki styuardessa – orasta, chiroyli kiyingan bo‘lishi bilan birga bilimli va eng muhimi, bir nechta tilni mukammal bilishi zarur. Mana shu talablarga javob berib styuardessa bo‘la olsangiz, sizni bir-biridan ajoyib sayohatlar kutib turibdi.

Styuardessalar faoliyatiga oid qiziq ma’lumotlardan yana biri shuki, ular doimo soat taqib yurishi lozim. Eng birinchi sababi, styuardessalar hujjatlarni to‘ldirishda doimo vaqtni ko‘rsatishi shart. Shuningdek, istalgan yo‘lovchi undan vaqtni so‘rab qolishi mumkin. Yo‘lovchilar savoli yoki talabiga o‘z vaqtida javob bera olmaslik styuardessalar uchun eng achinarli hol.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.