Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Yozgi olimpiada o‘yinlari” (chaynvord)

Ayrim so‘zlar ta’rifi shakl aylanalaridagi shartli tasvirlarda berilgan.

1. Xalqaro olimpiada o‘yinlari vatani. 3. Olimpiada o‘yinlari chempioni, o‘zbek bokschisi. 5. Olimpiada o‘yinlari eng ko‘p bor o‘tkazilgan poytaxt. 6. Terma jamoa tarkibida ishtirok etishga tavsiya etilgan sportchi. 7. 2004-yil Afinada o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida yunon-rum kurashi bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘lgan vatandoshimiz. 8. Olimpiada o‘yinlarida eng birinchi bo‘lib ishtirok etgan o‘zbek chavandozi. 9. Transport vositasi bilan o‘tkaziladigan poyga musobaqalari maydoni. 10. XX Olimpiada bo‘lib o‘tgan Yevropadagi shahar. 11. Boksdagi holat. 12. Futbol o‘yini qismi. 13. Musobaqaga tayyorgarlik jarayoni. 16. Ijrodagi tezlik. 20. Sport maydoni. 21. Qadimda poyga musobaqalarida foydalanilgan transport vositasi. 22. VII Olimpiada o‘yinlari shahri. 23. Mergan mo‘ljalga oladigan belgi. 24. Olisga uloqtirish anjomi. 25. Gimnastika mashqlari sportchisi. 26. Mashq o‘tkazishdagi qoida, izchillik. 28. Badiiy gimnastika anjomi. 29. Futboldagi holat. 30. O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyi joylashgan shahar. 31. Erkin kurash bo‘yicha uch karra olimpiada chempioni, hamyurtimiz. 32. Poygada ko‘rsatkich asosi. 33. Sport o‘yini. 34. Poyganing boshlanish payti. 35. Davrali musobaqada bir qur o‘yin. 36. Boks maydoni.

 

Kalit so‘zlar: 1. Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan Avstraliyadagi shahar – 4,10,12,1, 2,11.

2. Suzish usuli – 13,6, 17,4, 4.

3. Futboldagi jarima to‘pi – 9,2, 1,17,16,3, 10.

4. Badminton to‘pi – 15,5, 16,17,1.

5. Sportchi uchun muhim holat, jismoniy quvvat – 8,7, 14.

Endi kalit so‘zlar javoblaridagi harflar orqali shakl atrofidagi raqamlarda yashiringan muammonomani hal eting. Bunda ulardan olimpiya o‘yinlari tashabbuskori va uning ibratli so‘zlari, hamda olimpiya mamlakati ayon bo‘ladi.

O‘QING-CHI! Shakldagi harflar juftini ma’lum tarzda o‘qish bilan XXXI yozgi olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan Braziliyadagi stadion nomini bilib olasiz.

 

Foziljon ORIPOV tuzdi.

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.