Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Pazanda

TOVUQLI SALAT

Kerakli mahsulotlar:

Tovuq filesi, bodring – 1kg, konservalangan jo‘xori, pishloq – 200 gramm, salat bargi, mayonez.

Tayyorlanishi: Pishirilgan tovuq go‘shti, bodring, pishloq yo‘g‘on somoncha shaklida to‘g‘raladi. Unga jo‘xori, to‘g‘ralgan salat bargini qo‘shib ta’bga ko‘ra mayonez, tuz solib aralashtiriladi.

 

TVOROGLI YOSTIQCHALAR

Kerakli mahsulotlar:

Margarin – 200 gramm, tvorog – 200 gramm, tuxum – 2 dona, qavartma (razrixlitel) – 10 gramm, shakar – 200 gramm, un – 500-600 gramm.

Tayyorlanishi: Xona haroratida erigan margaringa tvorog, tuxum solib aralashtiriladi. Un va qavartmani elakdan o‘tkazib yumshoq xamir qoriladi. Xamir tingandan keyin zuvalachalarga bo‘linadi. Har bir zuvalachani yoyib, shakarga botirib, uch buklab listga teriladi. 20-30 daqiqa 200 gradusda gaz pechida pishiriladi.

 

PIROG

Kerakli mahsulotlar:

2 dona tuxum, 200 gramm shakar, 200 gramm sut, 100 gramm margarin yoki salat yog‘i, qavartma 15 gramm, 400-500 gramm un.

Tayyorlanishi:

2 dona tuxumni shakar bilan yaxshilab aralashtirib, sut, erigan margarin solinadi. Un bilan qavartmani elakdan o‘tkazib, suyuqroq xamir qilinadi. Qolip tagi yog‘lanib xamir solinadi. Qizib turgan gaz pechiga 160-170 gradusda 35-40 daqiqaga qo‘yiladi.

 

NIGORA tayyorladi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.