Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Mehr maskani

Toshkent  shahar  Olmazor  tumanidagi 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internatda Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram kich­kintoylarning badiiy chiqishlari bilan boshlandi.  Maktab o‘quvchilari ijrosidagi xorijiy raqs bayramga fayz bag‘ishladi.

Tadbir  mehmoni – Jamoat xavsizligi universiteti kursantlarining qurol bilan saf tortib chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tortiq etilgan  bayram sovg‘alari bolalarga quvonch bag‘ishladi.

 

Yulduz TESHABOYEVA, 100-maxsus maktab-internat

Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.