Kitoblar va adiblar
* “Alisa mo‘jizalar mamlakatida” asarida hayvonlar so‘zlashgani uchun bu kitobni o‘qish Xitoyda ta’qiqlab qo‘yilgan.
* “Gulliverning sayohatlari” kitobida Mars tabiiy yo‘ldoshlarining o‘lchami va aylanish tezligi astronomlar kashfiyotidan yuz yil burun aytilgan edi.
* “Robinzon Kruzo” asari ilk ingliz romani hisoblanadi.
* Qur’oni Karim ko‘plab ilmiy va tarixiy dalillar keltirilgan yagona diniy kitobdir. Ular kitob yaratilguniga qadar umuman ma’lum bo‘lmagan. Qur’oni Karimdagi ilmiy ma’lumotlar fan rivojlanishi bilan keyingi davrlardagina kashf etilmoqda.
* “Ginnesning rekordlar kitobi”ga ko‘ra, Barbara Kartlend eng sermahsul muallif hisoblanadi. U har ikki haftada bitta roman yozib, o‘ziga xos rekord o‘rnatgan.
* Lev Tolstoyning mashhur “Urush va tinchlik” romanining nomi borasida hali ham tortishuvlar bor. Bu asarning nomini ba’zi adabiyotshunoslar aslida “Urush va dunyo” bo‘lgan deyishadi. Haqiqatdan ham, roman muqovasidagi “мир” so‘zi dastlabki nashrlarda “мир” – dunyo tarzida chop etilgan.
* Umumiy tartib-qoidalar asosida o‘z “Xamsa”sini yozgan mualliflar – Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiydir.