Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Sog‘lom bola

Avlodlarga mayoq, yurtimga qalqon,

Doimo bo‘laylik jasur, pahlavon,

Xalqimiz baxtiga o‘sib sog‘-omon,

Yurtning ertasini yorug‘ qilaylik.

 

Aziz Yurtboshimiz ishonchi bizlar,

O‘ktam o‘g‘lonlar-u ham zukko qizlar.

Vatan egasimiz biz – qaro ko‘zlar,

El baxtiga doim sog‘lom bo‘laylik.

 

Osmonimiz uzra nur sochsin quyosh,

Polvonmiz, g‘animga egmagaymiz bosh.

Qalbimizda orzu cho‘g‘ kabi otash,

Vatan uchun doim sog‘lom bo‘laylik.

 

Bonu TOVQORAYEVA,

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani

Yortepa qurilish-sanoat kolleji o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.