Xushxabar
Sevimli jurnalingizning navbatdagi sonini bosmaxonaga topshirish arafasida Surxondaryodan quvonchli xabar oldik. Viloyatning Boysun tumanidagi 4-maktab 3-4-sinf o‘quvchilari “Gulxan”ga 2017-yil uchun 100 dona obuna bo‘lishibdi.
Biz bu qadrdon mushtariylarimizga minnatdorlik bildirgan holda boshqa o‘quvchilarni ham obuna jarayonlarida faol bo‘lishga chorlaymiz.