Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Beqiyos diyor

Ta’rifini sira aytmang til uchida,

Oftob chiqib, oftob botar yurt ichida.

Bir-biriga yarashgan tog‘-bog‘lari bor,

Kapalaklar o‘ynar gulning kulgichida.

 

Jannat isi shu tuproqdan taraladi,

Momojonim allasidan yaraladi.

Bu go‘shani shundaygina sevib bo‘lmas,

Zahmat chekib, mehr berib qaraladi.

 

Eleonora RO‘ZIYEVA,

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani 13-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.