Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

“Bilmadim, ustoz”

Ustoz dedi: – Ikromjon,

Qani o‘rningdan turgin.

Yetti o‘lchab, bir kesib,

Savolga javob bergin.

 

Imtihonlar boshlanib,

Uyquga to‘ymasa ko‘z.

O‘quvchilar orasida

“Urf” bo‘ladi qaysi so‘z?

 

Ikrom engagin qashlab,

“Bilmadim, ustoz”, dedi.

Ammo shu savolga xo‘p

Bu to‘g‘ri javob edi.

 

Azizbek RAHMATOV,

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani 8-DIMI 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.