Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Dildagi qo‘shiq

Kim uyg‘otadi har tong,

Yopib issiq shirmoy non?

Baxt urug‘in kim ekkan,

Ko‘ylagimni kim tikkan?

Yorug‘ o‘ylarim bilar,

Erkalab sochim silar?

Dunyoda u yagona,

Menga ham do‘st, dugona –

Bu onamdir, bu onam,

Bu onamdir, bu onam!

 

Gulzoda BOYZOQOVA,

Toshkent viloyati Ohangaron tumani

20-maktab 7-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.