Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Hur O‘zbekiston

Kim baxtiyor bu olamda, kim?

Men baxtliman, beshak, begumon.

O‘zbekiston mening Vatanim,

Mustaqildir hur O‘zbekiston.

 

Yurtni sevgan elim omondir,

Tarixga boq – bag‘rida qondir.

Bugungi kun erkin zamondir,

Mustaqildir hur O‘zbekiston.

 

Bu yurtda jam baxtli odamlar,

Har sohada ildam qadamlar.

Bizni kutar eng buyuk damlar,

Mustaqildir hur O‘zbekiston.

 

Diyora SUNNATOVA,

Toshkent shahar Yashnobod tumani 69-maktab 10-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.