Iqror
Vatanim, biz sening ishonch faxringmiz,
Bagʻringda oʻsyapmiz erkin, bemalol.
Tinmasdan kuylagim kelar madhingni,
Taʼrifga til ojiz, qalam bemajol.
Kitoblarni oʻqib boyitib fikrim
Sodda haqiqatni bildim dafʼatan.
Taʼzimda bosh egib, iqrorim degum: –
Oddiydan yaralgan buyuksan, Vatan!
Zarofat YUSUPOVA,
Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahar 11-IDM 6-sinf