Kapalak
Uchasan ortingdan ergashar gullar,
Asli sen rassom-u ijoding – ular,
Uchsang qanotingda kamalak kular
O, chaman ziynati, ko‘nglim o‘g‘risi.
Libosing atlasdan, o‘zing ham gulsan,
Qo‘limga qo‘nasan shodlikdan kulsam.
Qaniydi, men bir zum kapalak bo‘lsam,
O, chaman ziynati, ko‘nglim o‘g‘risi.
Durdona YO‘LDOSHEVA,
Toshkent viloyati Parkent pedagogika va iqtisodiyot kasb-hunar kolleji