Kapalak umri
Guldan gulga qo‘nib kapalak,
Shivirlaydi bir ezgu tilak.
Uning so‘zin eshitmoq uchun
Quloq tutar atrof-tevarak.
Orzu-tilaklarin aytish-chun
Gullar ochilishin kutadi.
So‘ngra har bir chechakka asta
Uzoq umr tilab o‘tadi.
Hayotining har soniyasin
Ezgulikka bag‘ishlar faqat.
O‘zi bir kun umr ko‘rsa ham,
Barchamizga bo‘ladi ibrat.
Nafisa TOSHPO‘LATOVA,
Toshkent viloyati Chinoz tumani 17-maktab 8-sinf