Ketma dillardan
Fasllar kelinchagi
Xushsurat Bahoroydir.
Taʼrifga ojiz qalam,
Gul-u gʻunchaga boydir.
Bu fasl hammamizga
Ulashar cheksiz shodlik.
Hasharda keksa-yu yosh,
Mahallada obodlik.
Qamashtirar koʻzlarni,
Quyosh nurlarin sochsa.
Dov-daraxtlar uygʻonar,
Kurtaklar koʻzin ochsa.
Ajib sirlarga toʻla,
Har oqshom, har tun, nahor.
Senga oshiq dillardan
Aslo ketmagin, Bahor.
Farruxjon ASHURBOYEV,
Toshkent tibbiyot akademiyasi xalqaro fakulteti talabasi