Kitobni doʻst bilgin
Ongingni yoritar maʼrifat nuri,
Tun-u kun oʻchmagay qalbingda chiroq.
Hayotdan maqsading anglamoq uchun
Kitobni doʻst bilgin, kitob chin oʻrtoq.
“Qora qozon”lardan yurasan nari,
Olamni quchasan oʻqigan sari,
Omad yoʻldosh boʻlar baxt, shodlik bari,
Kitobni doʻst bilgin, kitob chin oʻrtoq.
Oʻqimoq boshqadir, uqmoq ham boshqa,
Oʻqigan azizdir, uqqan ulugʻroq,
Odamiylik mulkin egallamoq-chun
Kitobni doʻst bilgin, kitob chin oʻrtoq.
Gulsanam BAHRIDDINOVA,
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi
ixtisoslashtirilgan maktab-internati, 9-sinf