Musavvir fasl
Fasllarning donishmandi kuz,
Nega doim nigohing ma’yus?
Qovoq uyar ko‘kda bulutlar,
Nega siring ochmaysan hanuz?!
Balki senga otishdi toshlar,
Olibsan-ku ko‘zingga yoshlar.
Sening so‘lg‘in bu nigohlaring
Meni so‘ngsiz xayolga boshlar.
Qahrabodek za’faron xazon,
Shamol uni quvlaydi har on.
Chehrangni och, musavvir fasl
Sen yurtimda uch oylik mehmon.
Umida HUSANXO‘JAYEVA,
Toshkent shahar Yunusobod tumani
97-maktab 7-sinf