Oʻxshab ketdi
Hali ancha ishlarim chala,
Xayolda ne oʻtadi ilkis.
Kim yurt deya yonib yashasa,
Baxti boʻlsin iloho toʻkis.
Havasim yoʻq Amerikaga,
Qiziqmayman Yevropaga ham.
Oʻz yurtimning ostonasini
Ehromlardan aslo past koʻrmam.
Tushda kezdim bir goʻzal jannat,
Loyiq boʻlay shunday boʻstonga.
Uygʻoq chogʻi eslasam oʻshal,
Oʻxshab ketdi Oʻzbekistonga!
Abbos SHODMONQULOV,
Samarqand viloyati Past Dargʻom tumani
104-maktab 9-sinf