Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Oshno boʻling kitobga

Kitob doʻstdir, bilsangiz,

Quchoq ochar, kelsangiz.

Oʻzni hurmat qilsangiz,

Oshno boʻling kitobga,

Tashna boʻling kitobga!

 

Tengi yoʻq zeb-u ziynat,

Maslahatgoʻy beminnat,

Topay, desangiz hikmat,

Oshno boʻling kitobga,

Tashna boʻling kitobga!

 

Yovni toʻsay, desangiz,

Tigʻday kesay, desangiz,

Unib-oʻsay, desangiz,

Oshno boʻling kitobga,

Tashna boʻling kitobga!

 

Shohista SOBIROVA,

Toshkent shahar Shayxontohur tumani

40-maktab

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.