Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Qora qozon

Issiq ovqat yesin, deb

O‘zing o‘tda yoqasan.

Qora cho‘yan qozonim –

Barchaga teng yoqasan.

 

Kuyib-pishib o‘choqda

Bizga xizmat qilasan.

Qora, cho‘ltoq qulog‘ing

Maylimi, bir silasam?

 

Yulduz ISMATOVA,

Paxtakor ijtimoiy-iqtisodiyot va pedagogika kolleji o‘quvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.