Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Quyoshning tabassumi

Quyosh tabassumidan

Qir-adir yashnab ketdi.

U nurli yaktagini

Togʻlarga tashlab ketdi.

 

Kamalakrang koʻylagin,

Kiyib oldi gʻunchalar.

Uygʻondi butun borliq,

Oyim yopdi kulchalar.

 

Jildiraydi jilgʻalar,

Boqqa burib yoʻllarin.

Daraxtlar duo qilar,

Koʻkka choʻzib qoʻllarin.

 

Marjona HAMROQULOVA,

Qashqadaryo viloyati Koson tumani

94-maktab 5-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.