Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Shoirga

(Oʻzbekiston qahramoni Abdulia Oripov haykali poyida)

 

Bir shoir yashadi har lahza yonib,

Faqat el quvonchin, dardin oʻylagan.

Oʻz qaygʻu, shodligi, tashvishi qolib,

Onajonim, deya xalqin kuylagan.

 

Bulbulga aylangan toʻtilar sarson,

Topolmay arzirli biror qofiya.

Eh, doʻstlar kuylamoq emasdi oson,

“Oʻzbekiston – mening Vatanim”, – deya.

 

Siz suygan xalq sizni unutmas aslo,

Har lahza nomingiz dilda etib yod.

Sizga taʼzim boʻlsin, sizga tasanno,

Izdoshlar ruhingiz aylagaydir shod.

 

Bugun oʻzbekiston sizni ulugʻlab,

Olqishlab, ardoqlab qoʻydilar haykal.

Ammo siz bobojon, minglab qalblarga

Haykal oʻrnatdingiz bizdan-da avval.

 

Mashhura ABDURAIMOVA,

Abdulla Oripov nomidagi DIMI, 11-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.