Sichqonlar suhbati
Sichqonboy ajablanib
Gap qotadi do‘stiga.
Quloqlari qiyshaygan,
Dumi ham yo‘q, ustiga.
– Qo‘shni dumingiz qani,
Katta o‘lja topganda?!
– Shu o‘ljani deb mening,
Dumim qoldi qopqonda.
Ilyosbek DONOBOYEV,
Toshkent viloyati Angren shahar 6-maktab 6-sinf