Suhbat
– Kel, singiljon, birgalashib,
Yordamlashib, gurunglashib,
“Sen qila qol”, “Men qilmay”, deb
Oʻtirmaylik, gap talashib.
Axir oyim shoshib kelar,
Ishdan horib-tolib kelar.
Uy ishlarin qilib qoʻysak,
Chehrasida quyosh kular.
Barno ROʻZIYEVA,
Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani
28-maktab 6-sinf