Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tabiatga chizgilar

Pagʻa-pagʻa bulutlar

Oq koʻrpaga oʻxshaydi.

Pishadi totli tutlar,

Mevalarin toʻshaydi.

 

Quyoshni bulut toʻsib,

Chaqmoq koʻkni yondirar.

Koʻnglim boradi oʻsib,

Zavqli izlar qoldirar.

 

Yomgʻir yogʻar chelaklab,

Bir yonda shamol halak.

Rizq unadi elaklab,

Gulga qoʻnar kapalak.

 

Sevinch IZZATULLAYEVA,

Jizzax viloyati Zafarobod tumani

3-maktab 9-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.