Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Tong otishi

Tong otar, zulmatning pardasin ochib,

Yashirar yulduzni oftob nurlari.

Chapaklar chalmoqda barglar shod, xurram,

Maysalar yuzida inju, durlari.

 

Mehrning taftiga yoʻgʻrilgan shamol

Sochlarim silaydi, kulib birma-bir.

Quyoshning ziyosi yuzlarim oʻpar,

Men unga shaydoman, men unga asir.

 

Gulsanam BAHRIDDINOVA,

H. Olimjon va Zulfiya nomidagi

maktab-internati oʻquvchisi

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.