Tushunish
Onamga yigʻladim: – Kiyimim eski,
Bunaqa koʻylakni kiymayman hecham!
Onam der: – Shukr qil! Qaysidir yurtda
Senday bolalarning yoʻq ishtoni ham.
Onamga oʻkindim: – Poyabzal kerak,
Eskisi zahira boʻlib turibdi.
Onam der: – Shukr qil! Qaysidir yurtda
Sendayin bolalar yalang yuribdi.
Onamning soʻzlari mitti qalbimga
Dunyoni anglashni quydi hoynahoy.
Qarasam, koʻylagim toza, qornim toʻq,
Etik olganimga boʻlibdi bir oy.
Boburjon IBROHIMJONOV,
Toshkent viloyati Chinoz tumani
40-maktab 9-sinf