Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yomgʻir

Yomgʻir, yomgʻir, yomgʻirjon

Tomchilaring dur, marjon.

Gohi sel, goh jalasan,

Goʻyoki yosh bolasan.

Madorsan daryo, soyga,

Armonsan sahro joyga.

Quvvatsan gul-giyohga,

Farroshsan dov-daraxtga.

Changdan xalos etasan,

Yaraqlatib ketasan.

Tom-tarnovdan oqasan,

Menga juda yoqasan.

 

Sarvinoz ABDUXOLIQOVA,

Toshkent shahar Sergeli tumani 300-maktab 8-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.