Assalomu alaykum! “Gulxan” jurnali saytiga xush kelibsiz!

Saytimizda bir-biridan qiziqarli maqolalar, hikoyalar, ertaklar va she’rlarni o‘qishingiz mumkin. Turli fanlarga oid ma’lumotlar bilimlaringizni yanada boyitishga yordam beradi!

Yomgʻir

Osmon toʻla qora bulutlar

Xafa boʻlib toʻkadi koʻz yosh.

Maysalar-chi, roʻmolcha tutib,

Yupatmoq-chun koʻtaradi bosh.

 

Yigʻlamagin, bulutjon doʻstim,

Desa biroz yorishar falak.

Osmonning shod tabassumidan

Jilva qilar shu dam kamalak.

 

Mohinur QULMURODOVA,

Samarqand viloyati Paxtachi tumani

19-maktab 6-sinf

2016–2023 © “Gulxan” jurnali tahririyati. Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdan ma’lumot olinganda manba ko‘rsatilishi shart.