Yomg‘irdan so‘ng
Tun yarmidan oshgan mahalda
Uyqu bermay shitirlar yomg‘ir.
Shunday go‘zal, shod lahzalarda,
Xayol olib qochadi g‘ir-g‘ir.
Chopqir o‘ylar ketdi chopqillab,
Maktab, fanlar, do‘stlarim tomon.
Orzu belanchagi uxlatib
Qo‘yganini bilmabman shu on.
Niginabonu NURILLAYEVA,
Buxoro shahar 34-maktab 7-sinf